Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlarini topşiriş marosimi vaqtida mamlakatning asosiy yutuği haqida gapirdi.

«Men uçun eng asosiysi — YaIM körsatkiçlari emas, bu biroz yuqoriroq yoki pastroq bölişi mumkin. Odamlar qanday yaşayotganiga qarang... Bizning oddiy odamlar, ayniqsa qişloqdagi qirğizlar qöşni davlatlardagidan yaxşiroq yaşaşmoqda. Bu bizning asosiy yutuğimiz», — degan davlat rahbari.

«Qaçondir kimdir Qirğiziston haqida nafrat bilan gapirişi yoki yozişi mumkin. Bunday tönğiz hamişa hamma yerda topiladi», — degan prezident.

«Inqiloblar, mitinglar, tartibsizliklar, etnik töqnaşuvlarga qaramasdan hozirgi tinçlik siz xalq tufaylidir», — deya qayd etib ötgan Almazbek Atambayev.