Toşkent şahridagi har bir yirik islohot xalq fikrini örganilgan holda amalga oşiriladi. Şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev Xalqaro Press-klub doirasida KUN.UZ muxbiriga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi.
"Qöldan kelgança şahrimizni aqllilaştirişga, ya'ni tizimlarni - köçalardagi Wi-Fi'dan tortib barça transport turlaridan xabardorlikka qadar yölga qöyişga, odamlar örtasidagi kommunikatsiyani oşirişga harakat qilamiz. Bularning bari şahar hokimligining imkonidan kelib çiqqan holda bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladigan işlardir.
Albatta, Toşkentni qisqa muddatlarda AQŞ şaharlari yoki London darajasiga olib çiqiş qiyin. Islohotlarni joylarda qisman tatbiq qilib köramiz va odamlarning bunga munosabatini, bularning kerak yoki kerak emasligini örganamiz. Har bir yirik islohot xalq fikrini örganilgan holda amalga oşiriladi", - dedi Ortiqxöjayev.

















