Qirğiziston prezidenti «Onuguu-Progress» fraksiyasi yetakçisi Bakit Torobayevning parlamentni tarqatib yuboriş borasidagi taklifini qöllab-quvvatladi. Bu haqda u bugun davlat mukofotlarini topşiriş vaqtida aytib ötgan.
1 mart kuni Jogorku Keneş yiğilişida Omurbek Tekebayevning hibsga olinişi muhokama qilingan, Torobayev parlamentning muammolarni hal eta olişini şubha ostiga olgandi.
«Agar biz heç narsa qila olmasak, parlamentni tarqatiş va yangi saylovlar haqida e'lon qiliş kerak», — degandi xalq deputati.
«U bu gapni öz tarafdorlari uçun gapirdi, lekin men uning bu taklifini qöllab-quvvatlayman», — dedi Almazbek Atambayev.
«Hurmatli deputatlar, aytişganidek, qarğa qarğaning közini çöqimaydi. Balki, Torobayevni qöllab tarqaliş kerakdir? Unda qonunni hurmat qilib, mamlakat kelajagini öylab, xalq uçun işlaşda davom eting, xudo haqqi! Agar sizga haqiqat kerak bölmasa, xalqqa kerak. Agar sizga tinçlik va barqarorlik kerak bölmasa, bu odamlar uçun kerak!» — degan Almazbek Atambayev.

















