Parlament deputatlari parlament palatasining qöşma majlisida "Qozoğiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi Qonun loyihasini tasdiqlaşdi. News.kz şu haqida ma'lumot berdi.
Davlat rahbariga taqdim etilgan qonun loyihasi Konstitutsiyaning 19 moddasiga 26 özgartiriş kiritişni közda tutadi.
Qonun loyihasini taqdim etar ekan, qöşma komissiya raisi Nurlan Abdirov Qozoğiston joriy konstitutsion islohotlar sari asta-sekinlik bilan, ijtimoiy munosabatlar rivojiga muvofiq harakatlanganini ta'kidladi.
Katta özgarişlar bloki prezident, parlament va hukumat vakolatlarini taqsimlaş masalalariga taalluqli.
Prezidentning mudofaa, taşqi siyosat, davlat boşqaruvi, Konstitutsiya himoyasi va davlat hukumat tarmoqlarining samarali faoliyati hamda ularning özaro hamkorligini ta'minlaş vakolatlari saqlab qolingan.
Parlament qonun çiqaruvçi hokimiyatni amalga oşirişi qoidasi mustahkamlab qöyilgan.
Davlat rahbarining qonun tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi vakolatlarining katta qismini hukumatga ötkaziş taklif etiladi.
Inson va fuqaroning konstitutsion huquqi va erkinligi himoyasining yangi samarali mexanizmi paydo böldi.
"Qozoğiston Respublikasining Asosiy Qonuniga muvofiq, inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklari nafaqat tan olinadi, balki kafolatlanadi. Bunda Qozoğiston Respublikasi prezidentining özi kafil hisoblanadi.
Davlat konstitutsion huquq va erkinlikni ta'minlaş böyiça majburiyatlarni öz zimmasiga olar ekan, ularni ta'minlaşning huquqiy, eng avvalo, konstitutsion mexanizmlarini örnatadi.
Şunday ekan, davlat rahbari ularning himoyasini ta'minlaş maqsadida Konstitutsiyaning amaldagi va qabul qilingan qonunlar, şuningdek boşqa huquqiy hujjatlarga muvofiqligini tekşiriş uçun Konstitutsion kengaşga murojaat qilişi mumkin.
Bunday körinişdagi konstitutsion nazoratning yangi yönalişi, şubhasiz, qonunlar va huquqiy hujjatlar sifatiga ijobiy ta'sir körsatadi. Bu esa Qozoğistonning kelgusida huquqiy davlat sifatida e'tirof etilişiga sabab böladi", - dedi Abdirov.
Tuzatişlar haqida batafsil

















