Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tekebayev ishi. Qirg‘izistonda hibsdagi siyosatchi prezidentlikka nomzod bo‘ladi
Qirg‘iziston MSK «Otamakon» partiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayev nomzodini prezidentlik saylovida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyor. 5 mart kuni uning nomzodi muxolifat partiyasi tomonidan ilgari surildi.
MSK a'zosi Nazarali Aripovning so‘zlariga ko‘ra, hozircha sud Tekebayevni aybdor deb topmagan va uni nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
«Ammo rasmiy ro‘yxatga olish avgustda boshlanadi. Agar sud o‘sha vaqtgacha davom etsa ham Omurbek Tekebayev saylovda ishtirok etishi mumkin. Agar uni qamoqqa hukm qilishsa, unda uning nomzodi saylovoldi kampaniyasini tark etadi», — deya aniqlik kiritgan Nazarali Aripov.
Eslatib o‘tamiz, Omurbek Tekebayev 26 fevral, yakshanba kuni, Istanbuldan uchib kelganidan so‘ng Bishkek aeroportida qo‘lga olindi. Muxolifat partiya yetakchisi «Korrupsiya» va «Firibgarlik» moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinmoqda.
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi «Otamakon» partiyasi yetakchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘agan. Tergovni olib borish Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov boshqarmasiga topshirilgan. U 25 aprelgacha hibsda bo‘ladi.
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi shu yilning 17 noyabrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026