Forbes şarhlovçisi Brendon Terner 108 millioner iştirokidagi uç kunlik konferensiyadan özi uçun olgan qimmatli saboqlari bilan bölişdi.

Tasavvur qiling, 108 nafar millioner bilan bir xonadasiz va uç kun ketma-ket ularga istagan savolingizni berişingiz mumkin.

Ulardan nimalarni sörardingiz?

Ulardan nimalarni örganişga harakat qilardingiz?

Ötgan dam oliş kunlari men xuddi şunday vaziyatda qoldim va bu hodisa mening hayotimni töliq özgartirdi. Umid qilamanki, özim uçun olgan saboqlarim sizga ham yordam beradi.

Yaqinda men GoBundance nomi ostidagi millioner kişilardan iborat kiçik guruhga qöşildim - men özimdan aqlliroq va omadliroq kişilar bilan muloqot qilgim keldi.

"Agar siz xonadagi eng aqlli inson bölsangiz, unda siz özingizga kerakli xonada emassiz" - ehtimol, bu hikmatli sözlarni eşitgandirsiz. Men özimdan aqllilar xonada bölişga muvaffaq böldim.

Quyida özim uçun olgan saboqlarimdan bir neça maslahatlar bilan bölişaman:

1. Özingizdan aqlliroq kişilar bilan muloqot qiling.

Men ön yil davomida köçmas mulkka sarmoya kiritib kelganman. Bundan taşqari, iTunes'dagi eng maşhur podkastlardan birini boşqaraman. Biroq moliyaviy masalalarda atrofimdagi aksariyat kişilarga nisbatan heç narsa bilmasdim hisob.

Millionerlar özlari uçun qulay muhit qidirişmaydi - ular uçun özlaridan-da omadli va mohir hamsuhbat topiş qiziqroq.

  • Özingizni tartibga keltirmoqçimisiz? Qora belboğ sohibi va uç karate maktabi egasiga murojaat qiling.
  • Sarmoya jalb qilişni örganyapsizmi? 100 million dollardan ziyod kapitali bölgan vençur kapitalistning oldiga boring.
  • Turmuşingizda muammolar paydo böldimi? U holda turmuş qurganiga 40 yildan oşgan insonlargagina murojaat qiling.

Millionerlar biror yangilikni örganiş mumkin bölgan kişilar bilan muloqot qilişadi.

2. Boylik faqat puldan iborat emas.

Men bu gapni mutlaqo barça millionerlardan eşitdim: boylik faqat puldan iborat emas.

Men iştirok etişga muvaffaq bölgan suhbatlar köpinça pul işlaş emas, munosabatlar, sarguzaştlar, fitnes va xayriyaga oid edi. Döstim va hamkasbim, köçmas mulk sarmoyaçisi Mark Uoker bu ğoyani şakllantirişda yordam berdi: