1998 yilda Novoselov sudlanib, Yaponiyada ikki yillik jazoni o‘tagan, so‘ng Rossiyaga qaytgan. 2013 yilda advokatlar mazkur ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilishgan. 

"Shuni ta'kidlash joizki, gap deyarli 20 yil oldingi voqealar haqida ketmoqda. Demak, maqsad - Rossiya fuqarosining nomini oqlash", - dedi Konyayev. 

Advokatlar bu ishga firibgarlikning aralashganini aniqlab, uni qayta ko‘rib chiqishni talab qilishgan. Tergov davomida Novoselovning to‘pponcha va patronlarni avval foydalanilgan avtomobilga almashtirmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Biroq advokatlarning ma'lum qilishicha, "bitim" tashabbusi undan emas, politsiya bilan hamkorlik qilgan boshqa odam tomonidan chiqqan bo‘lgan. 

Novoselovning aybsizligi haqidagi qarorni qabul qilgan okrug sudi tergovning olib borilishi usullariga izoh bermagan.