Germaniyaning Deutsche Bank banki öz sarmoyasini 8 mlrd yevroga oşiriş qarori ortidan 1,9 mlrd yevro miqdoridagi umumiy kapitallaşuvidan mahrum böldi. Bu haqda MarketWatch yozmoqda.
Bank aksiyalari qiymati 7,5 foizga arzonlaşib, bir donasi 17,71 yevrogaça pasaygan.
Kompaniyaning kapitallaşuvi 24,43 mlrd yevroni taşkil etadi.
Avvalroq, Deutsche Bank 2016 yil uçun moliyaviy hisobotini e'lon qilgandi. Unga köra, taşkilotning sof zarari qariyb 5 martaga qisqarib, 1,356 mlrd yevroni taşkil etgani xabar qilingan edi. Mazkur e'londan söng, bank aksiyalari 6,15 foizga pasayib, 18 yevrogaça arzonlaşgan edi.

















