Kun.uz tahririyati 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan Özbekistonning turli viloyatlariga ijodiy safar uyuştirib, rahbarlar, mutasaddilar va aholi bilan muloqot ötkazişda davom etmoqda. Tahririyatning navbatdagi safari Buxoro viloyatiga böldi.

Safar davomida, tahririyatga kelib tuşgan murojaatlarga köra, qator manzillarga taşrif buyurildi. Ana şunday joylardan biri Buxoro şahridagi Köksaroy dahasi edi. Ma'lumot örnida: bugungi kunda Buxoro şahrida 272 mingdan ziyod kişini taşkil etadi. Şundan 82 foizi özbek, 6 foizi rus, 4 foizi tojik, 3 foizi tatar va boşqa millatga mansub kişilardir. Şahar hududida 900dan ortiq köp qavatli uy joylaşgan. 

U yerda joylaşgan köp qavatli uylarga xizmat körsatuvçi şirkatlar faoliyatida yuzaga kelgan muammolar mahalliy aholi vakillari va mutasaddilar bilan birga körib çiqildi. Mazkur taşrif davomida ijodiy jamoaga Buxoro viloyati hokimiyatining matbuot xizmati vakili Akbar Rustamov, Buxoro şahar hokimi örinbosari Baxtiyor Xatamov va boşqa mutasaddi taşkilot rahbarlari hamroh bölişdi. 

Köksaroy dahasida istiqomat qiluvçi fuqarolarning sözlariga köra, şirkatlar muammolarni bartaraf etiş uçun doim va'da berişadi, ammo öşa işni boşida turib amalga oşirişga kelganda sustkaşlikka yöl qöyişadi. Köp qavatli uylar oldidagi yöllar masalasi ayançli bölgani uçun yoğingarçilik vaqtida töplangan suv yertölalarga sizib kiradi, bu esa namgarçilikni keltirib çiqaradi.

Bundan taşqari, tomlardan çakki ötişi ham tilga olindi. Bunga tomlarda örnatilgan yöldoşli antennalar sabab sifatida körsatildi va ular tezda olib taşlanişiga va'da berildi. Qolaversa, elektr ta'minotida kuçlanişning pastligi sabab lampoçkalar öçib-yonib, natijada tezda kuyib qolayotgani, keçasi uylarning kiriş yölaklari va köçalar qop-qoronği bölib qolişi ham tilga olindi.

Öşa hududda istiqomat qiluvçi ayol şunday dedi: “Mana şu dahada birorta ham bolalar maydonçasi yöq. Kiçkintoylar turli joylarda öynab yurişadi. Qayerga borişsa, şovqin kötarişgani sabab ularni quvib solişadi. Maşina qatnaydigan yölda öynaş esa juda xavfli”.

Mahalliy aholi vakillarining sözlariga quloq osilsa, ularni qiynab kelayotgan masalalar yetarli. Gaplar aççiq-aççiq, şiddatli, dardli... Ammo ularni hal etişda jonbozlik körsatuvçi şirkat esa negadur jim. Nazarimizda, islohotlar qayerdan boşlanib, qayerga kelgan, keyingi manzil qayerda davom etadi: bulardan bexabardek. Eskiça qaraş, vaziyatga eskiça yondaşiş saqlanib qolgan. Uçraşuv davomida şirkat rahbari tomonidan va'dalar berildi, aholi vakillari işontirildi.