Özbekiston ertami-keçmi avtomobil sanoatidagi protektsion çoralardan voz keçadi, deb hisoblaydi mamlakat savdo-sanoat palatasi raisi Alişer Şayxov.
Sputnik Özbekiston muxbiri bilan suhbatda davlat rahbari taşabbusi bilan qabul qilingan Harakatlar strategiyasi haqida fikr yuritar ekan, Şayxov xoh AQŞ bölsin, xoh maşhur soatlar çiqaruvçi Şveytsariya va qişloq xöjaligi davlat protektsiyasi ostidagi Yevropa davlatlari bölsin, dunyoning heç bir mamlakati hali protektsion çoralardan yuz foiz voz keçmaganligini bildirdi.
"Tabiiyki, hammasi oqilona va samarali bölişi darkor. Bu muhim ahamiyatga ega. Strategiyada barça narsa oqilona va maqsadli tarzda asoslab berilgan. Şuning uçun proteksionizm unsurlari saqlanib qoladi. Tabiiyki, bu nafaqat içki bozor, balki taşqi omillarga ham boğliq. Çunki dunyo özgarmoqda, Yevropa va Osiyoning aksariyat mamlakatlarida jiddiy inqirozga duç kelgan avtomobil bozorlarida ham vaziyat özgarmoqda. Şunday ekan, protektsion çoralar bu iqtisodiyotni boşqariş va albatta, biznesni rivojlantiriş vositasidir", — degan suhbatdoş.
Har qanday holatda, dedi Şayxov, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti sari odimlamoqda. Uning aytişiça, şu bois hozirda mahalliylaştiriş, mamlakatda sohadagi raqobatbardoşlikni oşiriş imkonini beruvçi yangi mahsulotlar işlab çiqarişni özlaştiriş masalalari muhim örin tutadi.
"Strategiyaning iqtisodiy qismidagi unsurlardan biri bu raqobatbardoşlikni, xususan, mahalliylaştiriş va uşbu jarayonga yangi kompaniyalarni jalb etiş orqali avtomobil sanoatidagi raqobatbardoşlikni mustahkamlaşdir. Bunga nafaqat öz brendiga ega strategik hamkorlarni, balki butlovçi va ehtiyot qismlar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi injiniring kompaniyalarini ham jalb etiş lozim. Oldimizda turgan muhim vazifalardan biri tayyor avtomobillarnigina emas, ularning butlovçi qismlarini ham eksport qiluvçi mamlakatga aylanişdir. Çunki bu avtosanoatning özidan ham köra yirikroq biznesdir", — deydi u.
Şu bilan birga, savdo-sanoat palatasi rahbarining aytişiça, muhim ahamiyatga ega bölgan boşqa yönalişlar ham mavjud — bu qişloq xöjaligi maşinasozligi yoki boşqaça aytganda butun boşli maşinasozlik sanoatidir. Hozirda mazkur soha sezilarli ravişda mustahkamlanmoqda. Mamlakat rivojlangani sari uning raqobatbardoşligi oşib boradi. Şu ma'noda, qaysidir bosqiçda özbek avtosanoati va maşinasozligida uşbu soha mahsulotlarini olib kirganlik uçun boj tölovlari narxi tuşadi va Özbekiston yirik kompaniyalar bilan bemalol raqobatlaşa oladi, degan Alişer Erkinoviç.

















