Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya KXDR bilan munosabatlarda savdo embargosini kengaytirdi
Janubiy Koreya KXDR bilan munosabatlarda ushbu mamlakat o‘tgan yili yadroviy sinovlar o‘tkazganidan keyin joriy etilgan savdo embargosini (chet el molllarini mamlakatga keltirish yoki mamlakatdan chiqarishni davlat tomonidan taqiqlab qo‘yish - tahr.) kengaytirdi. Bu haqda 8 mart kuni mamlakat hukumati e'lon qilgan.
«Savdo, sanoat va energetika vazirligi Shimoliy Koreyaga yetkazilishi taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatini ikki barobar kengaytirdi», deya qayd etilgan xabarda. Xususan, aviatsiya va raketa sanoati, shuningdek yadro energetikasi sanoatida qo‘llanadigan ashyolar ro‘yxatga kiritilgan.
«Bu ro‘yxat BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga yadroviy sinov o‘tkazgani uchun qo‘llagan sanksiyalariga mos keladi», deya qayd etilgan xabarda.
O‘tgan yilda KXDR BMT rezolyutsiyasini buzgan holda ikki marta yer osti atom bombasini portlatib, 20dan ortiq ballistik raketa sinovini o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
11:34
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025