Dunyoda eng oğir ayol hisoblanuvçi va 500 kg ga yaqin vaznga ega bölgan misrlik Imon Ahmad Abdulatiy Hindistonning Mumbay şahridagi Saifee Hospital şifoxonasida oşqozonini kiçraytiriş böyiça operatsiyani muvaffaqiyatli ötkazdi. Bu haqda Hindustan News naşri xabar bermoqda. 

Fevralda ayol EgyptAir aviakompaniyasining yuk  samolyotida Misrdan Hindistonga olib kelingandi. Oddiy samolyot ayolni vazni va unga maxsus şaroitlar ta'minlaş kerakligi sababli öz bortiga ololmagan. 

Şifokorlarning aytişiça, Imon 7 mart kuni oşqozonini dastlabki ölçamidan 15 foizga kiçraytiruvçi operatsiyani boşidan ötkazgan. Şifokorlar ayolning oşqozonidan yirik ölçamdagi yoğni olib taşlaşgan va uning oziq-ovqatlarni iste'mol qiliş qobiliyatini kamaytirişgan.

"Imonning ahvoli barqarorlaşişi bilan u ona şahriga qayta oladi va uning vazn taşlaşi bir guruh şifokorlar tomonidan kuzatib boriladi. Imon operatsiyadan avval ötkazilgan suyuq parhez sababli 100 kg vazn yöqotdi va u yana 6-8 oy içida yana 100 kg yöqotişiga umid qilmoqdamiz", deb aytgan şifokorlardan biri.

Ta'kidlanişiça, ayol ona şahri Iskandariyaga mablağ yiğiş böyiça onlayn kampaniya orqali yiğilgan pullarga qaytadi. Maqbul natijalarga erişiş uçun yaqin bir neça yil içida ayolga yana bir neçta bariatrik protsedura kerak böladi.

36 yoşli Imon "fil kasalligi" va bezlarining yaxşi işlamasligi sababli şunday ahvolga tuşgan.