Sönggi paytlarda internetda keng tarqalib borayotgan Samsung Galaxy S8 flagman smartfonining köp sonli surat va videolari xitoyliklarga yangi qurilmaning taqdimotini ham kutib ötirmay, uning klonini işlab çiqiş ğoyasini berdi. Aftidan, Samsung qurilmasining yangi protsessorlarini işlab çiqarişdagi uzilişlar sabab smartfon sotuvlarining keçiktirilişidan (2017 yilning aprel oyi oxirida) söng xitoylik tadbirkorlarning sabri çidamagan körinadi. "24 Gadget" şu haqidagi ma'lumot bilan bölişdi. 

Suratlarga köra, klon korpusi original qurilmaning taşqi qiyofasini takrorlaydi, biroq u juda qalin, pastki qismida esa "eskirgan" micro-USB hududi mavjud. Şuningdek ovozli assistent Bixby'ni çaqiriş tugmasi yöq, old kameradagi qora nuqtalar esa foydalanuvçi uçun heç qanday foyda keltirmaydigan butaforiya hisoblanadi. Unda Iris skaneri ham örnatilmagan. «Samsung» logotipi esa biryöla ikki panelda aks ettirilgan - aftidan bu taklif qilinayotgan qurilmaning original ekaniga işontiriş maqsadida şunday qilingan. 

Xitoy internet-maydonlaridan soxta nusxani xarid qilişni istovçilar topilmasligiga umid qilamiz, zero u faqat taşqi körinişi jihatidangina Samsung Galaxy S8'ga öxşab ketadi. Unda na yuqori texnologiyali kamera va na tezkor barmoq izlari skaneri bor. Xitoyça Galaxy S8 qurilmasining bahosiga oydinlik kiritilmagan.