Bugungi kunda yoşlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatçilik, eng açinarlisi, ularning Internet ijtimoiy tarmoqlarida ommalaşib borayotgan “Siniy kit” va boşqa şu kabi öz joniga qasd qiliş darajasigaça olib boruvçi öyinlarga kirib ketayotganligi barçani taşvişga solmoqda.

Toşkent şahar içki işlar idoralari tomonidan olib borilayotgan “Davomat” tadbirlari davomida har bir öquvçi-yoşlarning uyali telefon apparati tekşirilganda, 31ta maktab va 5ta kollej öquvçilari “SINIY KIT” öyini iştirokçilariga aylanganligi aniqlandi. Toşkent şahar IIBBda ötkazilgan matbuot brifingida IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayev şu haqda ma'lum qildi.

Bu kabi öyinlarga ilakişib qolgan öquvçilarning ota-onalari iştirokida profilaktik suhbatlar ötkazildi, ularga malakali psixologlar biriktirilib, kuzatuv ostiga olindi. Hozirgi kunda barça voyaga yetmaganlar örtasida bunday salbiy holatlarning oldini oliş borasida barça ta'lim muassasalarida sayyor uçraşuvlar ötkazilib kelinmoqda.

Bunday salbiy holatlarni oldini oliş maqsadida ta'lim muassasalaridagi davomadlar, öquvçi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini özlaştirib boriş holatini örganiş maqsadida, poytaxt hududidagi 322ta maktablardan 26tasida, 78ta kollej va 41ta litseylardan 18tasida “Davomat” tadbirlari ötkazildi.

Xususan, 9 mart kuni Toşkent şahar Yaşnobod tumanida bölib ötgan profilaktika tadbirlarida Kun.uz sayti muxbiri ham bevosita iştirok etdi. Jumladan, Yaşnobod tumani “Mehmonxona xöjaligi” kollejida ötkazilgan “Davomat” tadbiri guvohi böldi.

Ammo, ta'lim muassasalarining öquvçi yoşlari, ularning ota-onalari örtasida olib borilayotgan tuşuntiriş va profilaktika tadbirlariga qaramasdan 217 nafar maktab, 306 nafar kollej, 27 nafar litsey öquvçilari turli sabablarga köra dars maşğulotlarida qatnaşmayotganligi aniqlandi.

Bunday holatlarning oldini oliş maqsadida, 69 ta ta'lim muassasalarida öqituvçi va murabbiylar, ota-onalar iştirokida sayyor muhokamalar ötkazildi, 27 nafar ota-onalarga nisbatan ma'muriy ta'sir çoralari körildi.