Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi «Ark» qörğoni majmuasida Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oşiriş dasturi taqdimotida iştirok etdi.
ÖzA xabariga köra, prezident Buxoroning qadimiy obidalarini qamrab olgan kiçik halqa yölini bunyod etiş, yölaklarga marmar va işlov berilgan toşlar yotqiziş, bino va yöllarning yoritiş tizimini zamonaviylaştiriş haqida körsatma berdi.
Şuningdek, mehmonxona va inşootlar quriş, ular atrofiga hududning tabiiy iqlim şaroitiga mos daraxt va gullar ekiş, mahalliy va çet ellik investorlar uçun barça qulaylik va imkoniyatlar yaratiş yuzasidan zarur topşiriqlar berildi.
Şavkat Mirziyoyev madaniy meros obektlarining bugungi kundagi holati va ularni saqlaşga doir loyihalar taqdimotlari bilan ham tanişdi.
Buxoro viloyatida 660 madaniy meros obekti mavjud. Ularning aksariyatini arxeologik obektlar, monumental san'at asarlari, arxitektura yodgorliklari taşkil etadi.
Prezidentimiz uşbu madaniy meros obektlari xalqimizning bebaho boyligi, ularni asraş va avlodlarga bezavol yetkaziş barçamizning burçimiz ekanini ta'kidladi.
Madaniy meros obektlarini saqlaş va ta'mirlaş yuzasidan soha mutaxassislari va usta-quruvçilarga zarur körsatmalar berilgan.
















