O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yilning 10 martidan qiymati 10 000 so‘mga teng banknotlarni muomalaga kiritdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar ham ushbu yangilikni tasdiqlamoqda.

Mazkur pul belgilari 144 x 78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan. Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston Respublikasi Gerbi va “10000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o‘tkazilgan.

10 ming so‘mlik banknot suratlari namoyish qilindi