Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya TIV rahbarining Shveytsariyaga safari ham amalga oshmadi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li 12 mart kuniga belgilangan Shveytsariya safarini noma'lum muddatga qoldirdi. Bu haqda Shveytsariya telegraf agentligi (ATS) Yevropa turk demokratlari ittifoqining Shveytsariyadagi bo‘limi rahbari o‘rinbosari Munir Sarukanga asoslangan holda xabar bergan.
Qayd etilishicha, Sarukan bundan oldinroq SonntagsZeitung nashrining shu haqda tarqatgan xabarini tasdiqlagan. Lekin u ham ushbu tashrifning kechiktirilishi sababiga aniqlik kirita olmagan.
Tsyurix kantoni ham bu ma'lumotni matbuot uchun tasdiqladi. Kanton politsiyasi shefi Mario Ferning ma'lum qilishicha, bu qaror uning "yelkasidan tog‘" ag‘dargan. U ushbu tashrif tufayli Turkiya hukumatidan norozi kishilar tomonidan tartibsizliklar kelib chiqishidan xavotirlanayotgandi.
Ushbu tashrif arafasida katta munozaralar kelib chiqqandi.
Bundan oldinroq turkiyalik vazir Niderlandiya va Turkiya o‘rtasidagi chiqqan siyosiy mojaro markazida qolgandi. Niderlandiya hukumati Turkiya tashqi ishlar vaziri samolyotining qo‘nishiga ruxsat bermaslikka qaror qildi. Chovusho‘g‘li mamlakatda yashovchi turklar oldida Turkiyadagi konstitutsiyaviy islohotga bag‘ishlangan nutq so‘zlashni rejalashtirgandi. Ammo Niderlandiya hukumati bu tartibsizliklarga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblagandi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan yaxta ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

08:03 / 08.07.2025
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya dipmissiyasi qayta ochildi

14:27 / 03.07.2025
Shveytsariya G‘azodagi «oziq-ovqat tuzog‘i» - GHFʼni yopmoqda

21:20 / 25.06.2025
Shveytsariya ukrainalik qochoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etmoqda

15:50 / 30.05.2025