Bugun, 14 mart kuni Toşkent şahar hokimligida ötkazilgan matbuot anjumanida şahar hokimligi, şahar prokuraturasi, IIBB, Xotin-qizlar qömitasi, Xalq ta'limi boşqarmasi, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Kamolot" YoIH şahar kengaşi hamkorligida qabul qilingan "2016-2017 yilgi öquv yilida umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda öquvçilar davomatini töliq ta'minlaş, 9-sinf bitiruvçilarini örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga öqişga qamrab olişni amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qöşma qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil axborot berildi.
Tadbirda ma'lum qilinişiça, öquvçi öquv maşğulotlari vaqtida internet-kafelarida bölgani aniqlangan holatda, uning ota-onasi mazkur holat yuzasidan javobgarlikka tortiladi.
Öquvçining ota-onasi eng kam oylik iş haqining 5 baravaridan 10 baravarigaça bölgan miqdorda jarima tölaşi belgilangan.
Joriy yilning keyingi 2 oyi davomida Toşkent şahar IIBB va PG xodimlari tomonidan şaharda voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisidagi qonun talablari ijrosini bajariş maqsadida 99 marta 3 bosqiçli tadbirlar ötkazilgan.
Bunday reydlarning birinçi bosqiçida öquv maşğulotlari paytida darsga kirmasdan internet kafelarida maqsadsiz yurgan 339 nafar voyaga yetmaganlar aniqlangan. Ulardan 112 nafarini maktab öquvçilari, 227 nafarini esa litsey va kollej öquvçilari taşkil qilgan.

















