Pokiston boş vaziri Navoz Şarif 14 mart, seşanba kuni ijtimoiy tarmoqlarni "kufrona" kontentdan tozalaşni buyurdi. Bu haqida Pokiston musulmonlar ligasi (PML) partiyasining Twitter'dagi rasmiy sahifasida xabar berildi. 

"Huquqni himoyaçilari kufrona materiallarni tarqatayotgan kişilarni izlab, ularni qonuniy javobgarlikka tortişlari kerak. Ijtimoiy mediadagi kufrona kontent - butun musulmon ummatining diniy qaraşlarini haqorat qiliş maqsadidagi razil fitna", - dedi boş vazir. 

Şarif ijtimoiy tarmoqlarni kufrona kontentdan tozalaş masalasi adliya organlari tomonidan işlab çiqilayotganini ta'kidladi. Şuningdek u Pokistonning vakolatli organlari bu masalani xorij tarmoqlarida ham kötarişlarini buyurdi. 

Pokiston qonunlariga köra, kufr uçun hatto ölim jazosi begilanişi mumkin. Mamlakat qonunçiligining bu masaladagi tajribasi xalqaro huquni muhofaza qiliş taşkilotlari tomonidan muntazam ravişda tanqid ostiga olinadi.