Rossiyada maktab öquvçilarining mobil gadjyetlarga haddan ziyod qiziqişi muammosini hal qiliş va ularning olayotgan baholari obektivligini oşiriş uçun qonunçilar öquv muassasalarida radiosignal blokiratorlarini örnatişni ma'qullaşdi. Öqituvçilarning ta'kidlaşiça, gadjyetlar dars vaqtida öquv jarayoniga halaqit beradi. "Vedomosti"da şu mavzuda söz yuritildi. 

Bugunga qadar blokatorlarni qöllaş yoki qöllamaslik haqidagi qaror bevosita mahalliy hukumatlar tomonidan qabul qilinayotgan edi. Endi esa bu talab federal bosqiçga olib çiqilgan. Öquv muassasalarida qanday uskuna örnatiladi, uni qaysi tamoyillarga köra tanlaşadi va xarid qilişadi, hozirça noma'lum. 

Ğoyani amalga oşirişga bir muammo tösiq bölişi mumkin: blokiratorlarning ta'sir doirasi öquv muassasi hududi bilangina çegaralanmaydi, demak, okrugdagi barça mobil aloqa signallari bloklanadi. Qurilmaning narxi qimmatligi inobatga olinsa, uni qöllaşdan voz keçilişi ham mumkin. Amalda bu yaqin atrofda yaşovçi aholiga jiddiy taşviş tuğdiradi, masalan ular zarur vaqtda şifoxonaga qönğiroq qilib tuşa olmasliklari mumkin. Amaldorlar bu borada qanday qaror qabul qilişlari hozirça noma'lum.