Suriyaning qurollangan muxolifati Ostonaga Suriya bo‘yicha muzokaralarga o‘z vakillarini yubormaslikka qaror qildi, deb ma'lum qildi "Ozod Suriya armiyasi" bosh shtabi boshlig‘i Ahmad Barri.

"Yakuniy qaror ishtirok etmaslikdan iborat. Vaziyat o‘zgarmagan", deb aytdi Barri.

Avvalroq Suriyaning BMTdagi doimiy vakili hamda Suriya hukumati delegatsiyasi boshlig‘i Bashar Jafariy Suriya qurollangan muxolifatining Ostonaga borishdan bosh tortishi uchun Turkiya javobgarligini aytgan.