Özbekiston Respublikasi prezidentining «Toşkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi. Qarorning töliq matni ÖzA saytida joylaştirilgan. Unga köra universitetga al-Xorazmiy nomi berilgan. 

Muhammad al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boşqa fanlarning ilmiy yönalişlarida köplab qomusiy asarlar yaratgan. Algebra faniga asos solib, fundamental ma'lumotlar, traktatlarni ilmiy bayon etiş qoidalarini işlab çiqqan. Buyuk vatandoşimizning ilmiy izlanişlari, ilmiy-tadqiqot nazariyalari va ilmiy xulosalari butun jahon ilmu ma'rifat ahli tomonidan e'tirof etilib, dunyo ilm-fanining bebaho merosi sifatida yuksak qadrlanib kelinadi.

Bugungi kunda Toşkent axborot texnologiyalari universiteti zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yurtimizdagi yetakçi oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitetning Samarqand, Farğona, Qarşi, Urganç, Nukus filiallari faoliyat körsatmoqda. Universitet va uning filiallarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, poçta aloqa texnologiyalari kabi önlab ta'lim yönalişlari böyiça ön mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.

Yoş avlodni uluğ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosining munosib davomçilari etib tarbiyalaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Toşkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Toşkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi, şuningdek, 2017/2018 öquv yilidan boşlab Universitetda uluğ alloma nomini abadiylaştiriş hamda uning buyuk va bebaho merosini keng örganiş bilan boğliq qator tadbirlarni amalga oşiriş belgilandi.

Qarorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlari va sohalari bilan ta'lim, ilm-fan va işlab çiqarişning mustahkam aloqasini ta'minlaş, an'anaviy tarzda respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar ötkaziş, yurtimizdagi yetakçi ilm-fan namoyandalari iştirokida oliy ta'lim muassasalari talabalari, yoş olimlar, professor-öqituvçilar bilan uçraşuvlar taşkil etişga e'tibor qaratiş, şuningdek, Universitetning iqtidorli talabalari uçun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etiş böyiça dolzarb vazifalar belgilab berilgan.

Oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni yaratiş borasida tanlov va olimpiadalar ötkaziş, matematik modellaştiriş, algoritmlaş, kriptologiya, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalari, axborot xavfsizligi yönalişlarida zamonaviy öquv adabiyotlarini tayyorlaş, ularning multimediali avlodlarini yaratiş hamda talabalar, olimlar va pedagoglarning uşbu öquv adabiyotlaridan erkin foydalanişlari uçun ularni elektron resurslarga joylaştiriş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.