Avvallari taqdimotlarni özgaça bir iştiyoq bilan kutilar edi, endi esa namoyişdan oldingi kamçiliklar mahsulot haqida xulosa çiqariş va uni sotib oliş yo olmaslikka doir bir qarorga keliş imkonini beradi. Weibo taqdim etgan Samsung Galaxy S8 smartfonining yangi suratlari gadjyetni detallarda körib çiqiş imkonini beradi.
Bundan avval Samsung Galaxy S8'ning videosi namoyiş qilingandi. Şuningdek insayderlar Samsung Galaxy S8 va S8 Plus qurilmalarining xususiyatlari haqida ma'lumot berişgan edi.
Yangi suratlar yuqori sifatli bölib, ularda qora korpusli telefonni har tomondan köriş mumkin:
Samsung Galaxy S8 va S8 Plus taqdimoti 29 martda Nyu-Yorkda bölib ötadi - bu rasman ma'lum qilingan. Aytgança, muhim hodisa oldidan Samsung Galaxy S7 va S7 edge'ning rasmiy riteyldagi narxlari keskin pasaydi.























