Bugun UYeFAning Non şahridagi qarorgohida Çempionlar ligasining çorak final bosqiçi uçun qur'a taşlaş marosimi bölib ötdi.

Qur'adan oldin jamoalar savatçalarga ajratilmadi va bir assotsiatsiya vakillari özaro töqnaş kelişi mumkin böldi.

Unga köra, quyidagi juftliklar yuzaga keldi.

«Atletiko» Madrid – «Lester»
«Borussiya» D – «Monako»
«Bavariya» – «Real» Madrid
«Yuventus» – «Barselona»

Çorak finalning dastlabki uçraşuvlari 11-12 aprel kunlarida, javob uçraşuvlari 18-19 aprel kunlarida ötkaziladi.

Final uçraşuvi 3 iyun kuni Kardiffda bölib ötişi belgilangan.