Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 mart kuni taşrif bilan Özbekistonda bölib turgan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining (YeTTB) prezidenti Suma Çakrabartini qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, Özbekiston va YeTTB örtasida özaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantiriş muhimligini alohida qayd etdi.

Kiçik biznes va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, bank-moliya sektori, infratuzilmani, ayniqsa, qişloq joylarda modernizatsiya qiliş, şuningdek, agrosanoat kompleksi, kimyo va neft-kimyo, metallurgiya sanoatida zamonaviy işlab çiqarişlarni taşkil etiş, elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş va boşqa sohalardagi istiqbolli dastur hamda loyihalar hamkorlikning ustuvor yönalişlari etib belgilandi.

Mazkur bank bilan hamkorlik yillarida Özbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida YeTTBning 500 million dollardan ziyod mablağini jalb etgan holda 54 loyiha hayotga tatbiq etildi.

Uçraşuvda istiqbolga möljallangan qöşma Hamkorlik dasturini tayyorlaş, kiçik biznes sub'yektlari loyihalarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va ularga kömaklaşişga doir tadbirlar ötkaziş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

YeTTB prezidenti Suma Çakrabarti Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va özaro munosabatlarni rivojlantiriş masalalarini qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorlik bildirdi va Özbekiston bilan uzoq muddatli hamda keng kölamli hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini ta'kidladi. 

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti mamlakatimizga taşrifi dasturiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda ham qator muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvlar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki örtasida hamkorlik töğrisida memorandum va Tabiatni muhofaza qiliş sohasiga texnik kömaklaşiş loyihasini amalga oşiriş böyiça bitim imzolandi.