Özbekiston Respublikasi prezidenti Navröz bayrami munosabati bilan 20 mart kunini dam oliş kuni sifatida e'lon qilgaç, Mehnat vazirligi 2017 yil iş vaqtlari tartibida özgarişlarni amalga oşirgan. Unga köra, 6 kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun mart oyida 25 kun iş kuni bölişi ma'lum qilingan.

Vazir örinbosari B.Nizomovning «Kun.uz»ga taqdim etilgan xatida keltirilişiça, 5 kunlik iş haftasida (40 soat) işlaydiganlar uçun yanvar oyida iş hajmi - 168 soat; mart oyida - 167 soat; 1 çorakda - 495 soat; birinçi yarim yillikda - 995 soat; 9 oylik uçun - 1509 soat, yil uçun - 2020 soatni taşkil qiladi.

6 kunlik iş haftasida (40 soat) işlaydiganlar uçun yanvar oyida iş hajmi - 167 soat; mart oyida - 165 soat; 1 çorakda - 492 soat; birinçi yarim yillikda - 997 soat; 9 oylik uçun - 1508 soat, yil uçun - 2020 soatni taşkil qiladi.

6 kunlik iş haftasida, qisqartirilgan iş vaqtida (36 soat) işlaydiganlar uçun yanvar oyida iş hajmi - 150 soat; mart oyida - 148 soat; 1 çorakda - 442 soat; birinçi yarim yillikda - 897 soat; 9 oylik uçun - 1357 soat, yil uçun - 1818 soatni taşkil qiladi.

Ma'lum qilinişiça, 5 kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun yanvar oyida 21 kun, mart oyida 21 kun, bir çorakda 62 kun, yarim yillikda 125 kun, 9 oyda 189 kun, yil uçun esa 253 kun iş kuni sifatida belgilangan.

6 kunlik iş haftasida işlaydiganlar uçun yanvar va mart oylarida 25 kundan, birinçi çorakda 74 kun, birinçi yarim yillikda 150 kun, 9 oyda 227 kun, yil uçun esa 304 kun iş kuni sifatida belgilangan.

6 kunlik iş haftasida işlaydiganlar mart oyi hisobidan 14 kun işlab bölişdi, 25 kunlikni töldiriş uçun esa 18 mart kunidan boşlab ularga 11 iş kuni kerak böladi. Mart oyi 31 martga qadar davom etadi va oyning qolgan qismida 14 kun bor, bu kunlardan 2 kun yakşanba kunlari sifatida, yana 2 kun Navröz bayrami tufayli dam oliş kunlari sifatida hisobdan çiqarilsa, 10 iş kuni qoladi. Körinib turibdiki, bu holda 6 kunlik iş haftasida işlaydiganlar yoki 19 mart yoki 20 mart kuni işlab berişiga töğri keladi.