Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2017 yil 22-23 mart kunlari davlat taşrifi bilan Qozoğistonda böladi. Bu haqda ÖzA rasman ma'lumot berdi.
Oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralarda Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Davlatimiz rahbarining taşrifi doirasida Ostona şahrida Özbekiston Milliy sanoat körgazmasi va ikki mamlakat işbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari iştirokida qöşma biznes-forum ötkazilişi közda tutilgan.
Taşrif yakunlari böyiça davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bir qator muhim hujjatlar, şuningdek, Özbekiston – Qozoğiston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan salmoqli tijoriy şartnomalar imzolanişi rejalaştirilgan.

















