AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda bölib ötgan uçraşuvdan sönggi suratga tuşiş jarayonida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan qayta körişmadi, deb yozmoqda Politico naşri.

Muzokaralardan söng, ikki mamlakat yetakçilari Oval xonada fotosuratçilarga kirişga ruxsat berişdi. Jurnalistlar ulardan körişişni söraşdi, biroq Amerika rahbari iltimosga e'tibor bermadi. Merkel hamkasbiga biroz egilib, qayta körişişni söradi, ammo Tramp bu safar uning taklifini javobsiz qoldirdi. 

Ikki mamlakat rahbarlari muzokaralar avvalida, prezident Tramp Merkelni Oq uy qarşisida kutib olganida körişişgan edi. 

Qator OAV Tramp Oval xonadagi şovqinda Merkelning taklifini eşitmay qolgan bölişi mumkinligini inkor etişmayapti. Ayrimlari u Germaniya kanslerining qölini uşlaşni "xohlamagan"i haqida yozmoqda. 

Aytiş joizki, fevral oyida AQŞ prezidentining Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe bilan şu kabi suratga tuşiş jarayonida buning aksi bölgandi. Öşanda Tramp Abening qölini 20 soniyalar uşlab turgan edi.