Dunyodagi eng oğir vaznli ayollardan biri hisoblangan mirslik Imon Ahmad Abdulatiy Hindistonda beş hafta davomida davolaniş jarayonida 140 kilogrammga ozdi. Bu haqida PTI agentligi davolaş muolajalari olib borilayotgan şifoxona xabariga asoslanib, ma'lumot berdi. 

Misrlik ayolning ayançli taqdiri haqida ötgan yilning oktabr oyida Al-Arabiya telekanali xabar bergan edi. Şifokorlar 36 yoşli ayolning holatiga "fil kasalligi" va "bez yetişmovçiligi" deya taşxis qöyişmoqda. Ayol falajga yöliqib, töşakka mixlanib qolgandi. Ötgan yilning oxirida bariatrik va laparoskopik jarrohlikka ixtisoslaşgan mumbaylik şifokor Mufazzal Lakdavala Abdulatiyning holatiga e'tibor qaratdi va ayolga yordam qölini çözişga qaror qildi. 11 fevral kuni Imon maxsus bort bilan Hindistonga olib kelindi. 

7 mart kuni Imon oşqozon hajmini dastlabki holatidan 15 foizga qisqartiruvçi jarrohlik amaliyotini boşidan ötkazdi. Şifokorlar yoğning yirik qismini olib taşlaşdi va uning oziq-ovqat iste'moliga bölgan ehtiyojini kamaytirişdi. 

"Imonning hozirgi vazni 358 kilogrammdan iborat", - deyiladi Mumbaydagi Saifee Hospital klinikasi bayonotida. 

Misrlik ayol hozirda maxsus parhezga rioya qilmoqda: har ikki soatda uni soya sutida aralaştirilgan kam tuzli  proteinli kokteyl bilan oziqlantirişmoqda. Imon bir kunda 1,8 ming kaloriya iste'mol qilmoqda. Uni trubkadan oziqlantiriş zarur, çunki ayol falajdan keyin taomni yutişga qiynaladi.