Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik qiz yigitni oila qurishga ko‘ndirish maqsadida 900ta taksini ijaraga oldi
Xitoyning Chjoushan shahrida qiz tomida elektron reklama tablosi bo‘lgan 900ta taksini o‘z qallig‘iga oila qurish taklifini bildirish maqsadida ikki soatga ijaraga oldi, deb xabar bermoqda china.org portali.
Taksilardagi reklamaga javob beruvchi kompaniya menejyerining aytishicha, qiz taxminan 1,5 ming dollarni 16 mart kuni ikki soat davomida “Chjan Tszyanfen, men senga turmushga chiqishni xohlayman, menga uylanasanmi?” yozuvi chiqib turishi uchun to‘lab bergan.
Portalning ta'kidlashicha, shundan so‘ng qiz qallig‘i bilan boqqa kelgan hamda u yerda yigitga “Men bunga tayyorman, sen menga uylanasanmi?” deya savol berdi. U esa rozi bo‘lgan. Portal ma'lumotiga ko‘ra, bog‘da ularning do‘stlari ham bo‘lgan.
Avvalroq Xitoyning yana bir fuqarosi sevgan qizidan noodatiy usulda unga turmushga chiqishni so‘ragani haqida xabar bergandik. U qizga to‘y sovg‘asi sifatida 33 tonnalik toshni keltirdi, toshning meteorit ekanligi taxmin qilingan.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026