Moskvadagi maktab öquvçilaridan biri «Kök kit»dan onasini öldiriş haqida topşiriq olgan. Moskvalik 36 yoşli ayol öğlining yozişmalarini öqib qolgaç, politsiyaga murojaat qilgan.

«Moskva» yangiliklar agentligida yozilişiça, uşbu ayol 7-sinfda öqiydigan öğlining «VKontakte»dagi sahifasini tekşirganida unga bir qator topşiriqlar berilganini, jumladan «onani öldiriş» haqidagi topşiriqni körib qoladi. U fevral oyida 13 yoşli öğli öz qölini tiğ bilan kesganini ham payqagan edi. Uning aytişiça, uyiga tez-tez notaniş odam tomonidan qönğiroq qilina boşlagan.

Agentlikning ma'lum qilişiça, uşbu ayol McDonald's restoranlari tarmoği xodimi bölib, Bolşaya Ordynka köçasida yaşaydi.

Hozirda bu holat böyiça tekşiruv olib borilmoqda, politsiya kvartirani közdan keçirgan va bolaning telefoni hamda noutbukini olib qöygan.

«Kök kit» öyini real hayotda olib boriladigan öyin bölib, uning yakunida öynovçiga öz joniga qasd qiliş topşiriği beriladi. Öyin iştirokçisi topşiriqni ijtimoiy tarmoqdagi «Ölim guruhi»dagi noma'lum «kurator»dan olib turadi.

Ogoh böling: MDH mamlakatlarida «kök kit» öyini

«Darakçi» gazetasida jurnalist Barno Madaliyevaning uşbu «öyinlar» haqidagi «Ölim guruhlari»: qaçon boşlangan, nega aynan kök kit, buyruqlarni bajarmasa nima böladi?» nomli maqolasi e'lon qilingan.

Qarmoği qayerda?

Sizu bizni taşvişga solayotgan bu «ölim guruhlari» asosan ijtimoiy tarmoqlarning turli segmentlarida öz guruhlarini turli nomlar va «heşteg»lar ostida taşkil etgan holda ösmir yoşlarni bandi qiladi. Bu kabi guruhlarning nomlari asosan ösmirlarni tuşkunlikdan xalos etiş, ularga kömak beriş, muammolariga yeçim topa oliş imkoniyatlariga qaratilgan bölib, şu jihat bilan jalb etadi. Ösmir yoşdagi bolalarda esa bunday holatlar tez-tez kuzatilişi sir emas. Şu bois ösmirlar «ölim gu­ruh­lari»ning nomiga qiziqib, öyin havolasiga kiradi va unga a'zo bölib qoladi.

Guruhlar qanday nomlanadi?

«Ölim guruhlari»ning nomini sanab adoğiga yetib bölmaydi, ammo fojiaga çorlovçi original guruh allaqaçon yopilgan. Guruh yaratuvçisi esa yaqinda hibsga olingani haqidagi ma'lumotlar ham bor. Uning ismi Filipp Lis. Eng açinarlisi, uning «ixtirosi» juda köp izdoşlarni paydo qildi va bugungi kunda ular turli nomlar bilan «ölim guruhlari» sifatida ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatini davom ettiryapti. «Ölim guruhlari»da xavfli öyinlar «Meni tonggi 4:20 da uyğot» buyruği bilan boşlanadi. Aksariyat ösmirlar aynan ana şu buyruq asosida xavfli guruhning qarmoğiga ilinadi.