Saudiya Arabistoni hukumati AQŞga reyslarni amalga oşiruvçi samolyotlarga planşetlar olib çiqilişini taqiqladi. Bu haqda Saudiya yangiliklar agentligi ma'lumot bergan.

Qirollikning fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasida ma'lum qilinişiça, bunday taqiqlar Ar Riyoddagi qirol Xolid nomidagi aeroportda, Jiddadagi qirol Abdul Aziz nomidagi aeroportda joriy qilingan. 

Boşqarma AQŞga parvozlarni amalga oşiruvçi kompaniyalarga tegişli ogohlantirişlarni yöllagan. Saudiya Arabistonidan AQŞga yöl olgan yölovçilar yonidagi elektron qurilmalarni, planşetlar yoki noutbuklarni topşirişi kerak böladi. 

Bundan oldinroq Reuters agentligi Amerika hukumati öndan ortiq davlatdan keluvçi samolyotlarning aviayölovçilariga elektron qurilmalar bilan mamlakat hududiga kirişini çeklaşni rejalaştirayotgani haqida xabar bergandi. Bunday taqiq mobil telefonlardan katta hajmdagi qurilmalarga taalluqli edi. Agentlikning taxmin qilişiça, bu xavfsizlikni ta'minlaş çorasidir. AQŞ Milliy xavfsizlik vazirligida hozirça bunday çeklov sababi böyiça izoh berilmagan.