Hindiston poytaxti Nyu-Dehli politsiyaçisi Suşil Kumar köçada odamlarga alangalangan gaz ballonini tezda öçiriş usulini namoyiş qildi. Kumar bu jarayonning videosini Feysbukdagi sahifasida joylaştirgan.

Kumar agar gaz balloni gaz sizib çiqişi oqibatida alangalansa, olovni öçiriş uçun gaz ballonini höl latta bilan örab oliş kerakligini körsatdi. Uning aytişiça, höl latta kislorod kelişini kamaytirib, olovni öçirişga yordam beradi. Biroq politsiyaçi bundan avval avariyaviy xizmatni çaqirtiriş lozimligini eslatib ötdi.

Kumarning sahifasida joylaştirilgan bu rolikni ayni vaqtda 7 mln ga yaqin kişi tomoşa qilgan. Times Of India naşrining ta'kidlaşiça, gaz ballonlari portlaşi oqibatida odamlar halok bölgan hodisalar deyarli har kun yuz beradi.  

Şunday oxirgi voqealardan biri 15 mart kuni Hindistonning Kanpur şahridagi korxonalardan birida yuz bergan. Bu yerda gaz portlaşi 6 kişining halok bölişiga va yana 13 kişining yaralanişiga sabab bölgan.