"Biz Turkiyaga xavotir bilan qaramoqdamiz: bizning munosabatlarda o‘nlab yillar to‘plangan narsalar shundoq ko‘z o‘ngimizda barbod bo‘lmoqda. Prezident Erdo‘g‘an, siz boshqa odamlar bilan yaratilganlarni xavf ostiga qo‘ymoqdasiz", deb aytgan Shtaynmayyer inauguratsiyasi vaqtida.
Germaniya prezidenti Erdo‘g‘andan o‘z so‘zlarini aytishda ehtiyotkor bo‘lishni so‘radi: "Bizni natsistlarga qiyoslashni bas qiling, bu dahshatli. Turkiya bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lganlar bilan aloqalarni uzmang. Matbuot va jurnalistlar erkinligi va qonunlarni hurmat qiling va nihoyat Deniz Yujyelni ozod qiling", deb aytgan Shtaynmayyer.











