Xitoyning ikki fuqarosi ularning avtomobili ustiga ğişt ortilgan yuk maşinasi ağdarilib ketgandan keyin nafaqat omon qoldilar, balki aqlbovar qilmas tarzda ularga birorta ham şikast yetmagan.
Yöldagi ikkita turli avtomobil registratoridan olingan videoda liq töla qilib yuklangan yuk maşinasi yölda turgan maşinani aylanib ötmoqçi bölib, yöl çetidagi bordyurga çiqib ketib, yonboşlayotganini köriş mumkin. Bu ham yetmagandek, yuk maşinasi özi aylanib ötmoqçi bölgan avtomobil ustiga ağdarilib, uni ğiştlar bilan "kömib taşlagan".
Bir neça soniyadan keyin ğiştlar uyumi ostidan yengil avtomobildagi ikki erkak soğ-omon, biroq qörquvdan ölayozgudek ahvolda çiqib kelgan.

















