Jakartadagi köp kunlik norozilik namoyişlari davomida 50 nafarga yaqin kişi öz oyoqlarini sementladi, ularning aksariyati fermerlardan iborat. Bu haqida AP naşri xabar berdi. 

Namoyiş iştirokçilari şu yöl bilan Markaziy Yavada sement zavodi qurilişiga qarşi ekanliklarini namoyon qilişmoqda. Mahalliy aholining fikriça, bu quriliş ularning içimlik suvini zaharlab, çekka toğ hududlarida suv ta'minotida muammolar keltirib çiqarişi mumkin. 

Norozilik namoyişi iştirokçilarini hatto zavod sohibining yangi işçi örinlari yaratişi va mintaqa iqtisodiyotini rağbatlantirişga oid va'dalari ham töxtata olmayapti. Aktsiyaning ilk iştirokçilari mart oyining örtalarida öz oyoqlarini sementlaşgan edi, hozirda ularning soni oşib bormoqda. 

21 mart kuni faollardan biri - Patmi binti Rustam yurak xuruji natijasida hayotdan köz yumdi. Uning örnini marhumning ismi şarifi va ötgan sanasi yozilgan taxta tabliçka egalladi. Iştirokçilar ayolning ölimi ularni töxtata olmasligini aytişdi.