Qozoğistonning Qarağanda viloyati Qarağanda-Balxaş trassasida ikki maşinaning röparama- röpara töqnaşişi oqibatida 5 kişi halok böldi, 2 kişi jarohat oldi. Bu haqda 24 mart kuni "Kazinform" axborot agentligi ma'lum qildi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Mercedes va Toyota rusumidagi maşinalarning töqnaşuvi Abay tumanining Spassk posyolkasidan 20 kilometr uzoqlikda yuz bergan. Ta'kidlanişiça, yöl-transport hodisasi Mercedes haydovçisi aybi bilan sodir bölgan.
"Mercedes’da çimkentlik 3 kişi bölgan. Toyota’da Olmaotadan ikki farzandi bilan bir oila kelayotgan bölgan. Mercedes haydovçisi qanday qilib qarşi yönalişga çiqib ketgani aniqlanmoqda. Bu avtomobildagi 3 kişi, jumladan haydovçi zarbadan halok bölgan. Toyota’dagi yölovçilardan ayol va uning 2 yoşli qizi halok bölgan", deb ma'lum qiindi xabarda.
Ayolning 4 yoşli öğli va haydovçi şifoxonaga yetkazilganlar. "Bola va erkak jonlantiriş bölimidalar", deb ma'lum qilingan şifoxonada.
















