Yoşlar va voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarni oldini oliş, profilaktika işlarini kuçaytiriş maqsadida, Toşkent şahri ta'lim muassasalaridagi davomatlar, öquvçi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini özlaştirib boriş holatlari yuzasidan 63ta maktab, 112ta kollej va litseylarda “Davomat” tadbirlari ötkazildi.
Biroq, öquvçi yoşlar, ularning ota-onalari örtasida olib borilayotgan tuşuntiriş va profilaktik tadbirlarga qaramasdan 173nafar maktab öquvçisi, 132 nafar kollej va 12 nafar litsey öquvçilari turli sabablarga köra, dars maşğulotlarida qatnaşmayotganligi aniqlandi.
Şu bilan birga, 13ta internet-kafelarda ötkazilgan reydlar davomida, 21 nafar öquvçi dars vaqtlarida, 7 nafar voyaga yetmaganlar tungi soat 22:00dan söng internet-klubiga taşrif buyurganlari aniqlandi.
Qonun buzgan hamda farzand tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondoşib kelgan 7ta internet-kafe ma'muriyati, 41 nafar ota-onaga nisbatan ma'muriy ta'sir çoralari körildi. 51ta ta'lim muassasasida öqituvçi va murabbiylar, ota-onalar iştirokida sayyor muhokamalar ötkazildi.

















