Fransiyaning Monpele şahridagi öt öçiriş brigadasi mamlakatdagi eng keksa fuqarolardan biri orzusi uşalişiga yordam berdi. Ular 112 yoşli ayolning tuğilgan kunida uni öz maşinalarida sayr qildirişgan, deb xabar bermoqda France Info telekanali.
Matilda Lartig 1905 yilning 24 mart kuni tuğilgan. U mamlakatning eng keksa fuqarolari röyxatida yettinçi örinda qayd etilgan. France Inföning ta'kidlaşiça, keksa ayol öz hayoti davomida 17ta prezident va ikkita jahon uruşini körgan, haydovçilik guvohnomasini olgan birinçi ayollardan biriga aylandi, biroq şu kunga qadar faqatgina yonğin xizmati maşinasida ötirişni orzu qilib kelgan.
Lartig ayni damda Monpeledagi qariyalar uyida yaşaydi. Yonğin brigadasi xodimlari bu yerga kelib, unga maxsus tort sovğa qilişdi hamda özlari bilan sayrga taklif etişgan. Ayol köçada öt öçiriş maşinasiga ötqazilgan hamda şahar köçalari böylab olib yurilgan.


















