AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson keyingi haftada Anqara va Bryusselga  taşrif buyuradi, deb ma'lum qildi AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili vazifasini bajaruvçi Mark Toner.
 
"Davlat kotibi AQŞning NATO böyiça ittifoqdoşi bilan yuqori darajadagi hamkorlikni davom ettirgan holda 30 mart kuni Anqaraga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Turkiyaning boşqa yuqori lavozimli şaxslari bilan uçraşgani yöl oladi", deb aytdi Toner jurnalistlarga. 

Tonerning ta'kidlaşiça, bu uçraşuvlar vaqtida Tillerson "Turkiyaning mintaqaviy barqarorlikni ta'minlaşdagi muhim rolini tasdiqlaydi va IŞIDga qarşi kuraşdagi keyingi qadamlarni muhokama qiladi". 

Tillerson 31 martda Anqaradan Belgiya poytaxti Bryusselga NATO boş qarorgohiga taşrif buyurgani jönaydi.