15 yil avval mamlakatimizga xorijdan “barbi” atalmiş qöğirçoq kirib kelgandi. Körinişidan ayol qiyofasini aks ettiruvçi öyinçoq bolalarning sevimli ovunçoğiga ham aylangan. Biroq, gödaklik davrida bola qanday öyinçoqni oşno tutinsa, undan ruhiy ta'sir olar ekan. Şuning uçun bolalarga özida gözallik, oqillik kabi ezguliklar ifodalangan öyinçoqlarni sovğa qilişga odatlanganmiz. Lekin barbi qöğirçoğida bolalarga faqat yaxşilik hadya qiluvçi öziga xoslik körinmaydi.
Barbini bola körmas joyga qöyaylikda, bugungi kunda hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlanayotgan qöğirçoqlarga e'tibor qarataylik. Uşbu qöğirçoqning taşqi qiyofasida butun borliqni köriş mumkin.Tayyorlangan kiyimlarida esa milliylikning aks ettirilişi bolada ota-onaga mehr uyğotişi tabiiy. Biroq, nega bugungi kunda ota-onalar farzandlariga mana şunday milliy qadriyatlarga xos bölgan qöğirçoqlarni olib berişmaydi?
Xaridorlarning aytişlariga qaraganda özimizda işlab çiqarilayotgan qöğirçoqlarning narxi baland ekan. Xorijdan kirib kelgan ayol qiyofasidagi qöğirçoqlarning narxi arzon deyişyapti.

Mazkur muammolarni örganiş maqsadida bugungi kunda Farğona viloyatida milliy qöğirçoqlarni yaratayotgan usta hunarmand Oydinoy Burxonovaning ustaxonasida böldik. Eng avvalo milliy qöğirçoqlarning narxi va ularning sababini söradik.
Tadbirkor tomonidan işlab çiqilayotgan mahsulotga joriy yilning özida yangilik kiritildi. Bu esa xaridorlarning talab va taklifiga mos kelişi mumkin. Ya'ni arzon va qulay...
Milliy qadriyatga muhabbat eng avvalo oiladan şuningdek, maktabgaça ta'lim muassasalaridan boşlanadi. Oilada farzand uçun milliylik aks etgan qöğirçoqlar sotib olinsa, bolalar muassasidagi öyinçoqlar uning kelajakdagi öylari va orzularini amalga oşişiga xizmat qiladi. Biroq, ayrim maktabgaça ta'lim muassasalarida ana şunday öyinçoqlarni uçratmaysiz. Yumşoq öyinçoqlar-u, barbilar... Hunarmad bir neça bora mudiralarga murojat qilib milliylikdagi qöğirçoqlar bilan muassasalarni töldiriş taklifini bergan...
Qöl mehnati, şuningdek, çinakam bolalikni körsatuvçi qöğirçoqlar har bir oila farzandi uçun zarur deb öylaymiz.

Xulosa qiling va mulohaza yuriting. Farzandingiz xorijdan kelgan turqi sovuq qöğirçoqlarni öynab, ertaga ularga taqlid qilsa. Bolalik vaqtidayoq baloğat yoşidagi qizlardek fikrlasa... Bu jarayonda mehr muhabbat tuyğulari qayoqda qoladi? Özimizning asl qadriyatlarga xos bölgan öyinçoğ-u, qöğirçoqlar bu borada muammolarga töla yeçim böla olişini esa unutmagan ma'qul.

















