25 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida Xitoyning ZTE korporatsiyasi homiyligida taşkil etilgan “intellektual auditoriya”ning oçilişi bölib ötdi. 

ZTE korporatsiyasi Özbekistonda 10 yildan ortiq vaqt mobaynida iş olib boradi. Kompaniya iştirokida işlab çiqariş böyiça bir neça qöşma korxonalar va turli sohalarda köplab qöşma loyihalar amalga oşirilgan. 

Korporatsiya bugungi kunda elektron ta'limni rivojlantiriş sohasida ham öz takliflarini berib, TATUda SmartClassroom, ya'ni, “intellektual sinf” tizimini yaratdi. 

Tizim bilimlarni bir tomonlama singdirişdan şaxsga yönaltirilgan tadqiqotli öqişga ötişga imkon beradi, bu esa talabalar bilim olişining motivatsiyasini kuçaytirib, ularning salohiyatini oçilişiga yordam beradi, ta'lim oliş jarayoni qiziqroq keçadi. 

Masofaviy ta'lim tizimi öqituvçilarga intellektual auditoriyadan çiqmasdan talabalarni masofadan öqitişga hamda çet el universitetlari professor-öqituvçilari bilan aloqalar örnatişga imkon beradi. 

Har bir dars serverga yoziladi, bu esa talabalar va öqituvçilarga har qanday qurilmadan foydalangan holda ma'ruzani körib çiqişga imkoniyat yaratadi. ZTE multimediali tizimi kompaniyaning noyob dasturiy ta'minoti, elektron displey, elektron doska va planşetlardan foydalanib, talabalar iqtidori rivojlanişini kuzatişga hamda talabalar bilimlarini öquv maşğuloti vaqtida va undan keyin ham baholaş uçun har bir talabaga alohida test yoki butun guruhni test nazoratidan ötkazib tekşirişga yordam beradi.

Elektron kutubxona imkoniyatlari tufayli talabalar kitoblardan masofadan turib foydalanişi mumkin, bu esa öquv qöllanmalar taqsimlanişini ança tezlaştiradi.