«Gazprom» joriy yilda Özbekistondan 5 mlrd kubometr miqdorida tabiiy gaz sotib olişni rejalaştirgan. Bu haqda RIA «Novosti» oçiq manbalarga asoslanib xabar tarqatgan.
«Ayni vaqtda «Gazprom» özbek tabiiy gazini sotib olmoqda (2016 yildagi körsatkiç — 6,2 mlrd kubometr, 2017 yilda bu miqdor 5 mlrd kubometrni taşkil qiladi), özbek gazini xarid qiliş böyiça örta muddatli şartnomalar tuziş va mahsulot taqsimotiga oid bitim böyiça «Jyel» konida gaz kondensatini özlaştiriş böyiça texnik vazifa tayyorlaş işlari davom ettiriladi», — deyilgan xabarda.
Şuningdek, «Gazprom» Ustyurt platosidagi gaz kondensatini özlaştiriş doirasida bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladigan dastur uçun 8 yil davomida 383,3 mln yevro sarflaydi.

















