Domino’s Pizza kompaniyasi Starship Technologies bilan yozgi mavsumda robotlar yordamida pitssa taşişni boşlaşga kelişib oldi. Hozirça kelişuv faqat Germaniyaning Gamburg restoranlariga taalluqli, biroq agar ğoyaga talab paydo bölsa, kurer-maşinalar Niderlandiya va Yevropaning boşqa şaharlarida ham xizmatga jalb etiladi. Bu haqida TechCrunch xabar berdi. 

Starship Teçnologies'ning roverslarga öxşaş olti ğildirakli robotlarining vazni - 18 kilogramm, ularning tezligi - soatiga 6 kilometr, robotlar taxminan 1,5 kilometr radiusda faoliyat körsatadi. 

Robot avtonom rejimda işlaydi va 18 kilogrammgaça bölgan yukni taşiy oladi. Bir neça maşina bir operator tomonidan boşqariladi, biroq robot yöldan mustaqil ravişda ötişi, tösiqlarni çetlab ötişi va yölda GPS yordamida möljal olişi mumkin. Hozirça maşinalar zinadan yoki eskalatorlardan kötarila olişmaydi. 

Xaridorlar robotning harakatlanişini smartfondagi ilova orqali kuzatişlari mumkin. Buyurtma egasiga yetkazilganidan keyin robot öz batareyasini zaryadlaş uçun mustaqil ravişda bazaga qaytadi. 

Starship Technologies kompaniyasiga 2015 yilda Skype'ning ikki hammuassisi tomonidan asos solingan. Ular robotlarni yaratişda boşqa işlab çiqaruvçilar, jumladan Boston Dynamics bilan raqobatlaşmoqçi. Har bir maşina bir neça ming dollar turadi, şu bois Domino’s Pizza kompaniya bilan pitssa yetkaziş borasida hamkorlik qilişga kelişib oldi. 

Bundan taşqari, Domino’s Pizza Yangi Zelandiyada uçuvçisiz qurilmalar yordamida pitssa yetkaziş rejalari haqida ma'lum qildi.