Xitoyda humanoid robotlari örtasida dunyodagi birinçi jang bölib ötdi. MMA uslubidagi jang 25 may kuni CMG World Robot Competition doirasida taşkil etildi.

Ringga 2024 yil may oyida taqdim etilgan G1 robotlari kötarildi. Ular — böyi 1,32 metrni taşkil etadigan ixçam model hisoblanadi. Uşbu modellar ölçami jihatidan 1,8 metrli H1 modelidan kiçikroq, ammo yaxşi manyovrçanlikka ega, tezligi soniyasiga 2 metrgaça yetadi.

Jang vaqtida robotlar masofadan boşqaruv pultlari yordamida törtta operatorlar jamoasi tomonidan boşqarib turilgan.

Sinov vaqtida odamsimon robotlarning yuguriş, yuriş, raqsga tuşiş, yiqiliş, çidamlilik va nazorat kabi könikmalari tekşirilgan. Eng muhim jihati yiqilganidan keyin qayta tura oliş qobiliyati böldi — bunga 8 soniya talab etildi. Ta’kidlanişiça, bu jangovar robotlar samaradorligini baholaşda, ularning apparat va dasturiy ta’minoti bir-biriga mos kelişini aniqlaşda muhim ahamiyatga ega.

Optimallaştirilgan sun’iy intellekt algoritmlariga ega zamonaviy robotlar harakatga millisoniyalar içida javob beradi. Ular muvozanat va barqarorlikni saqlagan holda, bir zumda barça «böğim»lar dvigatellarini işga tuşira oladi.

Eslatib ötamiz, aprel oxirlarida Pekinda ötkazilgan yarim marafonda tarixda birinçi marta odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlaşgan edi. Yarim marafonda 12 ming sportçi va 20 ta odamsimon robot iştirok etgan. Robotlardan birinçi bölib marra çiziğiga yetib kelgani bunga 2 soat-u 40 daqiqa sarflagandi, bu eng tez kelgan odamning natijasidan 2,5 barobarga sekin.