Xitoy hukumati keksalarni parvariş qiliş tizimiga robotlaştirilgan yeçimlarni joriy etiş böyiça tajriba loyihasini işga tuşirdi. Bu haqda mamlakat Sanoat va axborot hamda Fuqarolik ma’muriyati vazirliklariga tayanib, South China Morning Post xabar berdi.

Asosiy vazifa — texnologiya qanday qilib keksalarni parvarişlaşni yengillaştirişi, oilaga yuklamani kamaytirişi, xodimlar yetişmasligini qoplaşi va parvarişlaş infratuzilmasini rivojlantirişga yordam berişini aniqlaşdan iborat. Hujjatda qayd etilişiça, gap uçta yönaliş — uyda, jamoada va ixtisoslaştirilgan muassasalarda yordam körsatiş haqida ketmoqda.

Dastur nogironligi bölgan insonlarga yordam körsatişni, hissiy qöllab-quvvatlaşni, «aqlli» turmuş tarzini taşkil etişni va kundalik işlarda kömaklaşişni nazarda tutadi. Şuningdek, kognitiv buzilişlarga ega şaxslar bilan işlaşga ham alohida e’tibor qaratilişi rejalaştirilgan.

Ta’kidlanişiça, loyiha bilan allaqaçon uy şaroitida foydalaniladigan humanoid robotlar işlab çiqarayotgan Xitoy kompaniyalari qiziqa boşlagan. Iştirok etiş şartlariga köra, kamida 200 ta qurilmani 200 ta xonadonda sinovdan ötkaziş yoki 20 ta yeçimni 20 ta muassasa yoki jamoaga örnatiş talab etiladi. Bundan taşqari, iştirokçilar uşbu sohada standartlar va baholaş tizimlarini yaratiş ustida iş olib boradi.

Dastur Xitoydagi demografik özgarişlar fonida işga tuşirilmoqda: mamlakat aholisi tez sur’atlarda qarimoqda, keksa yoşdagilarga ğamxörlik körsatadigan mehnat resurslari esa yetişmayapti. Ötgan yil oxirida Xitoyda istiqomat qilayotgan 60 yoşdan oşganlar soni 300 milliondan ziyodni taşkil etgan. Prognozlarga köra, 2035 yilga kelib bu raqam 400 milliondan oşişi mumkin.