JÇ–2018 turniriga saralaş bosqiçi A guruhi 7-turida Qatarga qarşi keçgan va 1:0 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan uçraşuvdan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Muhim uçraşuv ötkazdik. Ğalaba biz uçun kerak edi va biz bunga erişdik. Qimmatli 3 oçkoga ega böldik. Bizni qöllab-quvvatlagan muxlislarga taşakkur aytmoqçiman. Öyindan oldin raqibning öyinini inobatga olgan holda standart vaziyatlarga tayyorlangandik.

Avval ham aytib ötganimdek, ğalaba va mağlubiyat bir-biriga yaqin yuradi. Ğalaba qozondik, ammo tarkibda muammolar bor. Mening Özbekiston klublariga e'tirozim bor: «Paxtakor», «Bunyodkor». «Paxtakor»ning bir yöla 3 futbolçisi jarohat olgandi: Sergeyev, Andreyev, Lobanov. Klublar bilan jiddiy iş olib borişimiz zarur.

Hisobni oçgandan keyin uni uşlab turişga harakat qildik. Çunki Qatar terma jamoasi qanotlarda kuçli öyin körsatadi. Merzlyakov birorta ham öyin öynamagandi. Yiğinda u kerakli körsatmalarni oldi. Futbolçilarimga e'tirozim yöq, ular maydonda bor kuçini berdi.

Guruhda oson öyinlar yöq. Navbatdagi öyin Eronda bölib ötadi. U yerda faqat ğalaba uçun maydonga tuşamiz. Hatto durang ham bizni qoniqtirmaydi», – deya Samvel Babayanning sözlarini keltirgan ÖFF rasmiy sayti.