Bugun Toşkent şahrida yoşlarning aqliy salohiyatini oşirişga qaratilgan ta'limiy va köngiloçar resurslardan foydalaniş mumkin bölgan maxsus "ZiyoNET" tarif rejalarining joriy qilinişiga doir matbuot anjumani ötkazildi. 

"Kun.uz" muxbirining xabar berişiça, unda bugungi kunda internetdagi jinoyatlar real hayotdagi jinoyatlarga nisbatan 20 karra köpligi qayd etildi. Hozirda ota-onalar öz farzandlarini internetdagi suiqasd guruhlaridan muhofazalaşni maqsad qilişgan. Şu bois mutaxassislar toza internet muhitini joriy qiliş, xavfsiz saytlarning "oq röyxati"ni tuziş, yoşlar uçun maxsus tariflar işlab çiqişmoqda. Bugungi kunda 9 mingdan ortiq muassasa Milliy UZ domenidagi saytlarga ulangan. Ulardan foydali bilimlarni özlaştiriş, xorijiy tillarni örganiş, bilimlarini tekşiriş mumkin. 2 mingdan ziyod saytni özida qamrab olgan "oq röyxat" muntazam ravişda töldirilib, yangilanib boriladi. 

Tadbirda Axbrot xavfsizligini ta'minlaş markazi vakili yoşlar örtasida internetdan foydalaniş madaniyatini tarğib qiliş böyiça olib borayotgan faoliyatiga töxtab ötdi. Xususan, markaz mutaxassislari tomonidan butunjahon internet tarmoğining yoş avlod tarbiyasiga salbiy jihatlari muntazam tadqiq qilinib, ota-onalarga voyaga yetmagan farzandlarining yoşidan kelib çiqib, internet tarmoğida ularni himoya qiliş, yuzaga kelişi mumkin bölgan tahdid va xavflarning oldini oliş böyiça tavsiyalar berib boriladi. 

UZINFOCOM markazi internetda yoşlarbop saytlar, elektron resurslarni köpaytiriş böyiça loyihalari töğrisida ma'lumot berdi. Şuningdek "ZiyoNET" tarif rejasi doirasida işlab çiqilgan Yagona axborot resurslari röyxatining şakllantiriş jarayoni haqida ham ma'lumot berildi. 

Ma'lum qilinişiça, ayni paytda Yagona axborot resurslari reyestriga ta'lim, madaniyat, sport, biznes, tibbiyot yönalişlaridagi 3 mingdan ziyod milliy va xalqaro saytlar kiritilgan. Qolaversa, eng kiçik yoşdagi foydalanuvçilar uçun ham maxsus saytlar röyxati mavjud. Uşbu röyxat muntazam tahlil asosida hamda foydalanuvçilar takliflariga köra boyitib boriladi. UZINFOCOM markazi foydalanuvçilarni yoşlar uçun foydali va qiziqarli sayt nomlarini uşbu röyxatga qöşişga doir taklif beriş, şuningdek yoşlarbop resurslar işlab çiqişga hissa qöşişga çaqiradi. Yoşlarbop sayt yaratiş istagida bölganlarga "ZiyoNET" portali loyihasi doirasida Markaz bepul amaliy va texnik kömak beradi.