Surxondaryo viloyati markazi Termiz şahri jamoat transportida tölov vositasi sifatida jyetonlar joriy etildi. Bu haqda «Kun.uz»ga viloyatda avtotransport faoliyatini muvofiqlaştiruvçi «Surxondaryotrans-markazi» mutasaddilari ma'lumot berdi.

«Termiz şahrida yölovçi taşuvçi jamoat transporti avtobuslarda yölovçilar tomonidan yöl kira haqini tölaşda, plastik kartoçkalar orqali sotib olinadigan jyetonlar ham tölov vositasi sifatida 2017 yil 1 aprel kunidan boşlab muomilaga kiritiladi», deyilgan xabarda.

Buning uçun joylarda «Avtobus jyetonlari» deb nomlangan maxsus şoxobçalar taşkil etilib, ular aholiga xizmat körsatuvçi xodimlar va tölov terminallari bilan ta'minlandi.