Qaşqadaryolik Zafar Hamrayev Qarşi şahar IIB YHXBda bölinma boşliği edi, deb yozadi “Postda” gazetasi.

Navbatdagi topşiriqni olgan mayor Z.Hamrayev xonasiga kirib, boşliq bergan hujjatlarni közdan keçira boşladi. Unga I.Yaxşiboyev nomiga rasmiylaştirilgan haydovçilik guvohnomasi va ogohlantiruvçi taloni soxtalaştirilganligi holati yuzasidan Toşkent viloyati Zangiota tumani IIB tomonidan rasmiylaştirilgan hujjatlar suriştiruv ötkaziş uçun topşirilgandi. Mazkur holatni batafsil örgangaç, hujjat egasi bölgan Ilyos Yaxşiboyev bilan suhbatlaşib, soxta guvohnoma va talonni Olim Abdullayev ismli şaxsdan olganini bilib oldi. Ilyos hujjatlarning soxta ekanligini bilmasligini, Olim unga pul evaziga olib berganini tuşuntiriş xatida körsatib ötdi.

Şundan söng Olim Abdullayevni çaqirtirgan Zafar Hamrayev unga qilmişi jinoyat ekanini, buning uçun tegişli jazo tayinlanişini aytdi. Qörqib ketgan Olim unga yolvora boşladi:

-  Aka, bir ilojini qiling, yordam bering, nima xizmat bölsa tayyorman. Faqat şu işni hal qilaylik.

Uning yalinib-yolvorişlarini körgan mayorning “köngli böşlik” qildi. Stol ustida turgan oq qoğozga “5000 AQŞ dollari” deb yozib, u tomonga asta surib qöydi. Olim endi sal keliştiring deb yalinişga ötdi. Idorada bölib ötgan “savdo”dan söng “xizmat haqi” 1100 AQŞ dollari bölişiga kelişildi. Şu yerning özida Zafar Hamrayev 200 AQŞ dollari miqdorida “avans” ham oldi.

Ertasi kundan boşlab Olimning telefoniga ketma-ket qönğiroqlar bölaverdi. Zafar har gal undan qolgan 900 AQŞ dollarini sörab holi-joniga qöymadi. Toqati toq bölgan Olim esa telefonida uning raqami körinsa qönğiroqqa javob bermay qöydi.

Nafs yetovida ildamlab borayotgan Zafar esa boşqa raqamdan qönğiroq qilib:

-  Pulning qolganini tez yetkazib bering. Aks holda qamoqqa olinasiz, - deya döq urdi.

-  Beraman, aka, hozir onam betob edi, şunga xarajat köpayib ketdi. Siz aytgan pulni ham tez orada topib beraman.

Olim şunday deb telefonni öçirib qöydi-yu, biroz öylanib turdi. Oxiri mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga xabar berdi.

Şundan söng Olim Zafarga qönğiroq qilib, 900 AQŞ dollari topganini aytdi. Kelişilgan joyda uçraşgaç, Zafar u bergan pullarni olmasdan şoşmay turişini aytdi. Çekkaroqda turgan “Lasetti” haydovçisini yoniga çaqirib: 

-  Bu kişi hozir senga bir narsa beradi, öşa omonat maşinangda tursin, keyinroq olaman, - dedi.